Yaponiya avtomobil sanoati

Yaponiyaavtomobilsozligi — dunyodagi eng taniqli sohalardan biri. Bu yerda avtomobillar, qurilish transport vositalari, mototsikllar, kvadrotsikllar, dvigatellar va boshqalarni ishlab chiqaradigan bir qator yirik kompaniyalar istiqomat qiladi . Yaponiya avtomobil ishlab chiqaruvchilari orasida Toyota, Honda, Daihatsu, Nissan, Suzuki, Mazda, Mitsubishi, Subaru, Isuzu, Kawasaki, Yamaha va Mitsuoka bor.

Yaponiya 2008-yilda dunyodagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi boʻlgan, ammo 2009-yilda Xitoyning avtosanoati — hozirgi etakchisiga bitta mavqeini boy bergan.

. . . Yaponiya avtomobil sanoati . . .

1936-yil Toyota Model AA — D sinfidagi avtomobili, dizayniga amerikalik Chrysler Airflow taʼsir koʻrsatgan.

Yaponiya imperiyasida import qilingan ichki yonish dvigatellari urnatib yapon avtomobillarini yaratish boʻyicha birinchi tajribalar 20-asrning birinchi oʻn-yilligida oʻtkazilgan. Shunday qilib, 1905-yil,Xirosima shahrida muhandis Shineitaro Yoshida benzin dvigatelli Omnibus taqdim etdi, va 1907-yilda muhandis Yoshida „Takiri“ laqabli (yoki baland ovoz chiqaruvchi) birinchi yapon engil avtomobilini taqdim qildi. Biroq, quyosh chiqadigan mamlakatda haqiqatdan ham birinchi ommaviy ishlab chiqarilgan avtomobil Mitsubishi Model A edi, u 1917-yilda Italiyaning FIAT Tipo 3 avtomobili asosida yaratilgan.

Asirga olingan harbiy xizmatchilar Kurogane 95 rusumli avtoulov yonida. Xalxin Gol, 1939-yil

Keyinchalik, yapon avtomobilsozligi asosan Evropa va Amerika markalari litsenziyalar asosida ishlab chiqarilgan, shuningdek, Yaponiyada xorijiy va birinchi navbatda Amerika avtomobil ishlab chiqaruvchilarini yigʻish zavodlari tashkil etilgan. Shunday qilib, birinchi Datsun va Nissan rusumli avtoulovlarga Britaniyaning Ostin 7 va Amerikaning Graham-Paige, Chiyoda (Isuzu) rusumli avtomobillar — Pontiac, Sumida — LaSalle litsenziyalari asosida yaratilgan. 1920-yillardan boshlab Yaponiya Ikkinchi Jahon urushiga kirgunga qadar Amerikaning Ford va GM avtomobil zavodlari Yokogama va Osaka shaharlarida joylashgan edi. 1927-yildan boshlab Kyoritsu Motors-da zavodida yigʻilgan Chrysler avtomobillari ham ularga qoʻshildi. 1930 va 40-yillarda oʻz kuchlari bilan ishlab chiqarilgan avtomobillar ham tashqi taʼsirga ega edi, koʻproq Amerika avtomobilsozlik maktabining. Masalan, Toyotaning birinchi avtomobili — 1936-yilda taqdim etilgan AA modeli, 1934-yildagi Amerikaning Chrysler Airflow- ga juda oʻxshash edi. Yapon muhandislari Detroytda oʻqishga borib amaliyot oʻtishar edi.

1937-yil Mitsubishi PX33

1930-yillarning oʻrtalarida, shu payt qabul qilingan qonunga koʻra, Yaponiyada joylashgan barcha sanoat korxonalari, shu jumladan chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar Yaponiya mulkiga aylandi. Natijada, Amerika avtomobil ishlab chiqaruvchilari bu mamlakatda ishlarini toʻhtatishgan.

Shu bilan birga, mamlakatning faol xarbiylashtirilishi munosabati bilan armiya uchun avtomobillar: yuk mashinalari, zirhli mashinalar uchun shassilar, shtab avtomobillarini yaratish va ishlab chiqarishga oʻtildi. Ishlab chiqarilgan oz sonli avtomobillar asosan davlat va harbiy boshqarmalariga tarqatilgan. Shaxsiy mashinaga faqat juda boy yaponiyaliklarda boʻlgan. Masalan, imperator Xiroxito Shtutgartda aloxida buyurtma boʻyicha qurilgan va yuqori darajadagi himoya darajasiga ega boʻlgan Mercedes Benz 770 nemis limuziniga ega boʻlgan.

. . . Yaponiya avtomobil sanoati . . .

This article is issued from web site Wikipedia. The original article may be a bit shortened or modified. Some links may have been modified. The text is licensed under “Creative Commons – Attribution – Sharealike” [1] and some of the text can also be licensed under the terms of the “GNU Free Documentation License” [2]. Additional terms may apply for the media files. By using this site, you agree to our Legal pages . Web links: [1] [2]

. . . Yaponiya avtomobil sanoati . . .

Previous post Sayyora
Next post Sobirov nomli maktab-gimnaziya