Oppogʻoy va yetti gnom (film, 1937)

Oppogʻoy va yetti gnom (inglizcha: Snow White and the Seven Dwarfs) — 1937-yilda Walt Disney Productions tomonidan tarqatilgan fantastika janrida olingan Amerika animatsionmusiqali filmi. Film 1812-yilda aka-uka Grimmlar tomonidan yozilgan olmon ertak qahramoniga asoslangan boʻlib, ushbu kartina ilk toʻliq metrajli chizilgan animatsion film sanaladi. Film rejissorlari — David Hand, William Cottrell, Eilfred Jackson, Larry Morey, Perce Pearce va Ben Sharpsteen, produser — Walt Disney, ssenariy mualliflari — Ted Sears, Richard Creedon, Otto Englander, Dick Rickard, Earl Hurd, Merrill De, Maris Dorothy, Ann Blank va Webb Smith boʻlib, filmda Adriana Caselotti, Lucille La Verne, Harry Stockwell, Roy Atwell, Pinto Colvig, Otis Harlan, Scotty Mattraw, Billy Gilbert, Eddie Collins, Moroni Olsen va Stuart Buchanan kabi aktyorlar ovoz berishgan.

Ushbu sahifa nomi mavzuning rasmiy tarjimasidir. Iltimos, uni oʻzgartirmang.

Oppogʻoy va yetti gnom
Snow White and the Seven Dwarfs

Film posteri
Rejissor
  • David Hand
  • William Cottrell
  • Wilfred Jackson
  • Larry Morey
  • Perce Pearce
  • Ben Sharpsteen
Produser Walt Disney
Ssenariynavis(lar)
  • Ted Sears
  • Richard Creedon
  • Otto Englander
  • Dick Rickard
  • Earl Hurd
  • Merrill De Maris
  • Dorothy Ann Blank
  • Webb Smith
Asosida Oppogʻoy
Aka-uka Grimmlar
Rollarda
  • Adriana Caselotti
  • Lucille La Verne
  • Harry Stockwell
  • Roy Atwell
  • Pinto Colvig
  • Otis Harlan
  • Scotty Mattraw
  • Billy Gilbert
  • Eddie Collins
  • Moroni Olsen
  • Stuart Buchanan
Bastakor
Ishlab chiqaruvchi
kompaniyalar
Walt Disney Productions
Distributor RKO Radio Pictures
Premyera
  • 21-dekabr, 1937-yil(1937-12-21)

(Carthay Circle Theatre)

  • 4-fevral, 1938-yil(1938-02-04)

(AQSh)

Davomiyligi 83 daqiqa
Mamlakat AQSh
Til inglizcha
Budjet $1.49 million
Daromad $418 million[1]

Oppogʻoy va yetti gnom animatsion filmi premyerasi ilk bor 1937-yil 21-dekabrda Carthay Circle Theatre (Los Angeles, Kaliforniya) da boʻlib oʻtdi. AQShdagi premyerasi esa 1938-yil 4-fevralda boʻlib oʻtdi. Bu film budjeti $1.49 millionni tashkil etib, jahon boʻylab $418 million jamgʻarishga muvaffaq boʻldi.[1][2] Shuningdek, ushbu film Oscar (Akademiya) mukofotiga ham sazovor boʻlgan.

Filmning boshqa bir versiyadagi posteri.

. . . Oppogʻoy va yetti gnom (film, 1937) . . .

Oppogʻoy — bu oʻgay onasi hisoblanmish qirolicha bilan yashaydigan yolgʻiz malikadir. Qirolicha doimo Oppogʻoy unga qaraganda goʻzalroq boʻlishidan xavotirda boʻlib, shu sababdan Oppogʻoyni xizmatchi sifatida ishlashga majbur qiladi hamda har kuni sehrli koʻzguga boqib, „Koʻzgu, menga siringni och, kimning husni oyni ham dogʻda qoldiradi“ deb soʻraydi. Koʻp yillar davomida koʻzgu, har doim Qirolicha unga maʼqul deb javob beradi.

Bir kuni sehrli koʻzgu Qirolichaga Oppogʻoy endi yer yuzidagi „eng chiroyli“ ekanligini aytadi; oʻsha kuni Oppogʻoy, u xirgoya qilgan qoʻshiqlarini tinglagan shahzoda bilan uchrashadi hamda uni sevib qoladi. Hasadchi Qirolicha ovchisiga Oppogʻni oʻrmonga olib borib, oʻldirishni buyuradi. Bundan tashqari, u ovchidan Oppogʻoyning oʻlganligi isboti sifatida marvarid qutisiga Oppogʻoy yuragi bilan qaytishini ham aytadi. Biroq, ovchining Oppogʻoyni oʻldirishga yuragi botinmaydi. U yigʻlab, Oppogʻoydan kechirim soʻraydi va qirolicha uning oʻlishini istayotganini aytib, oʻrmonga qochishga va hech qachon orqaga qaramaslikka undaydi. Qoʻrqib ketgan malika bilan oʻrmondagi jonzotlari doʻstlashadilar, ular uni oʻrmon oʻrtasidagi kichik bir kulbaga olib boradilar. Kulbaning ovqatlanish xonasida yettita kichik oʻrindiqni topgan Oppogʻoy, bu kulbani yetim qolgan yettita bolaning tartibsiz uyi deb hisoblaydi va kulbani tozalashga kirishadi.

Aslida, bu oʻrindiqlar yettita yoshi katta, biroq jussasi kichik boʻlgan — Doc, Grumpy, Happy, Sleepy, Bashful, Sneezy va Dopey ismli gnomlarniki boʻlib, ular yaqin atrofdagi shaxtada ishlaydi. Gnomlar uyga qaytib, uylarini tozaligini koʻrib, qoʻrqishadi va uyiga tajovuzkor bostirib kirgan deb gumon qilishadi. Gnomlar yuqori qavatda, Oppogʻoyni uch karavotda uxlab yotgan holda topishadi. Oppogʻoy gnomlar kelganligini payqaganidanoq uygʻonadi va oʻzini ularni tanishtiradi. U barcha gnomlarni top-toza kulbada ovqatlanishga taklif qilgandan soʻng, oxir-oqibat, gnomlar, Oppogʻoyni kulbalarida qolishini istashadi. Oppogʻoy gnomlar uchun har kuni ovqat pishirardi, gnomlar esa kunduzi marvaridlar qazib, kechki payt esa kulbalariga kelib, qoʻshiq kuylashar, musiqa ijro etishar va raqsga tushishar edi.

Shu bilan bir qatorda, sehrli koʻzgudan „Koʻzgu, menga siringni och, kimning husni oyni ham dogʻda qoldiradi“ deb soʻragan qirolicha, „Oppogʻoy“ degan javobni oladi. Malika Oppogʻoyni tirik ekanligini bilgan qirolicha, ovchi koʻrsatgan qutidagi yurak choʻchqaniki ekanligi fahmlaydi. Qirolicha oʻzini yashirish maqsadida qari kampir qiyofasiga kirib olib, zaharlangan olma yaratadi. Qirolicha yaratgan olmani kimdir yesa, „Uyqudagi oʻlimga“ duchor boʻladi. U yaratgan laʼnatlangan olmani sehrini, faqat “muhabbatning ilk boʻsasi bekor qilishi mumkin edi. Qirolicha gnomlar yoʻq boʻlgan vaqtda kulbaga borar ekan, oʻrmondagi jonivorlar undan qoʻrqishadi va gnomlarni topish maqsadida, ular ishlayotgan shaxta tomon shoshilishadi. Kampir koʻrinishiga kirib olgan qirolicha, Oppogʻoyga charchaganini aytib, dam olish uchun kulbasiga kirgizishini soʻraydi, oqkoʻngil Oppogʻoy esa uni quchoq ochib, kutib oladi. Qirolicha Oppogʻoyga zaharlangan olmani, „tilaklarni ijobat etuvchi sehrli olma“ deb aldab beradi. Oppogʻoy esa, bu olmani bir tishlam tishlaydi va shu zahoti uzoq uyquga otlanadi. Bu paytda esa, qirolicha endi u dunyodagi eng chiroyli inson ekanligini eʼlon qiladi.

Gnomlar jonivorlar bilan birga, tezda kulbasiga qaytib keladi, bu vaqtda qirolicha kulbadan chiqib ketayotgan edi. Gnomlarni koʻrgan qirolicha ularni jarga tomon yetaklab, taʼqib qiladi. Qirolicha gnomlarning ustiga toshni agʻdarishga urinadi, lekin chaqmoq chaqishdan oldin jarga uriladi va bu uning oʻlimiga sabab boʻladi. Gnomlar oʻz kulbasiga qaytib, zahar tomonidan oʻlimga oʻxshash uyquda yotgan Oppogʻoyni topishadi va uni oʻlgan hisoblashadi. Gnomlar uni koʻzga koʻrinmas holda dafn etishni istashmay, oʻrmondagi boʻsh joyga oltindan yasalgan shisha tobutga joylashtiradilar. Keyin gnomlar, oʻrmon jonzotlari bilan birgalikda uni kuzatib turishadi. Bir yil oʻtgach, shahzoda Oppogʻoyning abadiy uyqusi haqida eshitib, tobutiga tashrif buyuradi. Keyin esa, shahzoda Oppogʻoyning oʻlimidan gʻamga tushib, undan boʻsa oladi, bu sehrni bekor qiladi va uni uygʻotadi. Gnomlar va hayvonlar baxtiyor boʻlishadi, shahzoda esa Oppogʻoyni oʻz qal’asiga olib boradi.

  • Adriana Caselotti — Oppogʻoy
  • Lucille La Verne — qirolicha
  • Harry Stockwell — shahzoda
  • Roy Atwell — Doc
  • Pinto Colvig — Grumpy va Sleepy
  • Otis Harlan — Happy
  • Scotty Mattraw — Bashful
  • Billy Gilbert — Sneezy[3]
  • Eddie Collins[3] va Jimmy MacDonald[4] — Dopey[5]
  • Moroni Olsen — sehrli koʻzgu
  • Stuart Buchanan — ovchi

. . . Oppogʻoy va yetti gnom (film, 1937) . . .

This article is issued from web site Wikipedia. The original article may be a bit shortened or modified. Some links may have been modified. The text is licensed under “Creative Commons – Attribution – Sharealike” [1] and some of the text can also be licensed under the terms of the “GNU Free Documentation License” [2]. Additional terms may apply for the media files. By using this site, you agree to our Legal pages . Web links: [1] [2]

. . . Oppogʻoy va yetti gnom (film, 1937) . . .

Previous post Toshkent tarixi silsilasi
Next post Ethereum