
Ethereum
Ethereum – bozordagi kapitallashuv kattaligi boʻyicha Bitkoindan keyin ikkinchi oʻrinda turuvchi kriptovalyuta platformasidir. Ethereum ochiq kodga ega boʻlib, blokcheyn texnologiyasiga asoslangan. Ethereum markazsizlashtirilgan tarmoq hisoblanadi va markaziy tashkilot nazorati ostida emasdir, bu esa bank yoki uchinchi tomon ishtiroki zaruriyatisiz anonim tarzda onlayn toʻlovlarni amalga oshirishga imkon yaratadi.[1]
ETH abbreviaturasi va grekcha Xi Ξ harfi koʻrinishidagi belgi Ethereum almashinuv birliklarini ifodalash uchun ishlatiladi. Kasr darajalarining oʻz nomlari bor: 1/1000 – finni, 1/106 – sabo, 1/1018 – vey.
Ethereum mayningi bitkoynlar mayningiga oʻxshashdir, lekin Ethereum bloklari zanjirlarini hisoblab chiqarishda mayner efir ishlab topadi. Ethereumning asosiy funksiyalaridan biri – smart-kontraktlardir. Ethereum smart-kontraktlari Ethereum yoxud EVM (Ethereum virtual mashinasi) tomonidan bajariladi.[2]
Boshqa har qanday kriptovalyutalar kabi, Ethereumni ham sotib olish, sotish, u orqali toʻlash va almashinish mumkin. Ethereum texnologiyasi an`anaviy yuridik amaliyotlardan foydalanmagan holda, tranzaksiyalarni taqsimlangan asosdagi blokcheyn kontraktlarida har qanday aktiv bilan yozib olish imkonini beradi.[3] Bitkoyndan farqli oʻlaroq, Ethereum cheklanmagan kriptovalyuta zahirasiga ega.[4] Bu shuni anglatadiki, kriptovalyuta inflyatsiya holatiga tushishi mumkin. Ethereum bilan kriptovalyutalar birjasida faol savdo qilinadi. Uning 2021 yil fevral oyidagi umumiy kapitalllashuvi 180 milliard dollardan oshib ketgan.[5]
Platformaga turli tashkilotlar, shu jumladan Microsoft, IBM, JPMorgan Chase qiziqish bildirgan.[6] Bloomberg Businessweekning ta`kidlashicha, Ethereum tomonidan taqdim etiladigan dasturiy ta`minot ruxsat etilmagan aralashuvlardan himoyalanish istagida boʻlgan har qanday shaxs tomonidan foydalanilishi mumkin. Siz oʻzingiz bilmagan biror-bir shaxs bilan xavfsiramagan holda ish yuritishingiz mumkin, chunki uning shartlari blokcheynga oʻrnatilgan smart-kontraktda koʻrsatib oʻtilgan.[7]
. . . Ethereum . . .
- finance.yahoo.com. Qaraldi: 30-Noyabr 2021-yil. .
- techradar.com. Qaraldi: 30-Noyabr 2021-yil. .
- economistinsights.com. Qaraldi: 30-Noyabr 2021-yil. .
- comparebrokers.co. Qaraldi: 30-Noyabr 2021-yil. .
- etherscan.io. Qaraldi: 30-Noyabr 2021-yil. .
- nytimes.com. Qaraldi: 30-Noyabr 2021-yil. .
- bloomberg.com. Qaraldi: 30-Noyabr 2021-yil. .
. . . Ethereum . . .