Darvishbek Rahmonov

Darvishbek Rahmonov (1952) — “Qaldirgʻoch” namunali sirk truppasi asoschisi, tashkilotchisi, badiiy rahbari va Oʻzbekistonning taniqli sirksanʼatiаrbobi[1].

Дарвишбек Ўринбоевич Раҳмонов
Asl ismi рус. Рахманов Дарвишбек Урунбаевич
Tugʻilishi 8.04.1952

Fuqaroligi Oʻzbekiston
Turmush oʻrtogʻi Masturaxon Valiyeva 25.01.1961 tibbiyot hamshirasi, Yangiyoʻl tumanida tugʻilgan.
Ota-onasi Oʻrinboy RahmonovBobur nomli Oʻsh oʻzbek akademik musiqali drama teatrining asoschisi, teatrаrtisti, shoir.Tursunxon Toʻychiboyeva 1918 – 19.05.1954Andijon shahrida tugʻilgan.
Mukofotlari Shuhrat medali, Butunittifoq koʻrik-tanlovlari sovrindori, 1986 yili Toshkent viloyati komsomol mukofotilaureati, Oʻzbekiston Respublikasi koʻrik-tanlovlarida 4 marta mutloq gʻolib, 2 marta ikkinchi oʻrin.
Bolalari Xurshid (1988), Xulkaroy (1990), Umidbek (1994), Muxsina (1996).

. . . Darvishbek Rahmonov . . .

Darvishbek Oʻrinboyevich Rahmonov1952 yili Oʻsh shahrining Shayxlarmahallasida tugʻilgan. OtasiOʻshda taniqli teatrarbobiOʻrinboy Rahmonov boʻlgan. Darvishbek polvon otasiga oʻxshab oʻzini umrini sanʼatga bagʻishladi. Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanidagi“Qaldirgʻoch” namunali sirk truppasi asoschisi, tashkilotchisi va badiiy rahbari lavozimida ishlaydi. Darvishbek 1978 yili yangi tashkil etilgan, sobiq SSSRdaestrada va sirk yoʻnalishi boʻyicha uchtagina bilim yurtdan biri boʻlgan Toshkentestrada va sirksanʼatistudiyasiga oʻqishga kirib uni 1981 yili muvaffaqiyatli tamomlaydi. Darvishbek 1981 yili Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanida“Qaldirgʻoch” namunali sirk truppasini tuzib, 34 yildan oshiq unga badiiy rahbarlik qilib kelmoqda. Uning bevosita rahbarligida sirkjamoasi Butunittifoq koʻrik-tanlovlari sovrindori, 1986 yili Toshkent viloyati komsomol mukofotilaureati, Oʻzbekiston Respublikasi koʻrik-tanlovlarida 4 marta mutloq gʻolibi[2], 2 marta ikkinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻlgan[3]. Darvishbek polvon haqida Toʻlqin Obidovning 1979 yili nashr etilgan „Oʻzbek polvonlari“ kitobidamaʼlumotlar va rasmi chiqqan, 53 bet, 37 bet (surʼatda Darvishbek polvon zanjir bilan ustunga oʻrab qulflangan. Ushbu shov-shuvli namoyishning yagona ijrochisi Darvishbek polvon yelka harakatlari orqali tomoshabinlar oldida temirzanjirlarni uzmoqda. Ushbu namoyish ozodlikka chiqayotgan Afrikaxalqlariga bagʻishlangan). S.Gʻoyipova, Y.Tojiboyev, U.Mustafoning 2002 yilda nashr etilgan „Yangiyoʻlning yangi odimlari“ kitobida 68 betda, muqovada va boshqa betlarda Darvishbek Rahmonov va “Qaldirgʻoch”ning oltita rangli fotosurʼatlari chiqqan. Bundan tashqari, Darvishbek polvon va u boshqarayotgan “Qaldirgʻoch” namunali sirk truppasi toʻgʻrisida yuzdan ortiq maqolalargazeta va jurnallarda chiqqan, Oʻzbekiston televideniyesi orqali oʻnlab telekoʻrsatuvlarda chiqishlari namoyish etilgan. Darvishbek Rahmonovning Oʻzbekiston Respublikasisanʼati va madaniyatirivojlanishiga qoʻshgan hissasi yuksak baholanib, Oʻzbekiston Respublikasining PrezidentiIslom Karimovning 26 avgust 2002 yildagi Farmoniga asosan Darvishbek Rahmonov “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan[4]. „Tashkentskaya Pravda“ roʻznomasining 1 betida rasmi chiqqan, unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiraisi Erkin Xalilov Darvishbek Rahmonovni Shuhrat medali bilan taqdirlamoqda.

Darvishbek Rahmonov Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼatarbobi fahriy unvoniga nomzodi koʻrsatilgan.

. . . Darvishbek Rahmonov . . .

This article is issued from web site Wikipedia. The original article may be a bit shortened or modified. Some links may have been modified. The text is licensed under “Creative Commons – Attribution – Sharealike” [1] and some of the text can also be licensed under the terms of the “GNU Free Documentation License” [2]. Additional terms may apply for the media files. By using this site, you agree to our Legal pages . Web links: [1] [2]

. . . Darvishbek Rahmonov . . .

Previous post Bekobod tumani
Next post Tarixdan oldingi Misr davri